Abstract
Maqolada milliy publisistika rivojiga muhim hissa qo‘shgan, o‘zining ongli harakati va maqsadlari bilan davr muammolarini dadil ayta olgan yetuk jurnalist, tilshunos, adabiyotshunos olim, zamonining ilg‘or fikrli ziyolisi - Ashurali Zohiriy haqida so‘z boradi. Ashurali Zohiriy o‘zbek jurnalistikasining rivojiga munosib ulush qo‘shgan. “Sadoyi Farg‘ona”, “Xalq gazeti”, “Mehnat bayrog‘i”, “Farg‘ona”, “Yangi Farg‘ona” gazetalarida adabiy xodim bo‘lib ishlab, matbuot tilini shakllantirish, insonlarga ma’rifat ulashish faoliyati bilan shug‘ullangan. A.Zohiriy bor bilim va imkoniyatini xalqni ma’rifat bilan tarbiyalash, milliy ta’lim tizimini joriy etish, o‘zbek tilini takomillashtirish va qadrini oshirish kabilarga bag‘ishlaganligi ochib beriladi.References
1. “Yurt” jurnali birinchi son. 1917-yil 1-iyun. Qo‘qon adabiyot muzeyi fondi.
2. Jalolov A. O‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyoti taraqqiyotida vaqtli matbuotning o‘rni. - Toshkent: Fan, 1993.
3. Qosimov B. Izlay izlay topganlarim. - Toshkent, 1993.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.