Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida mavjud bo‘lgan miqdor-adad kategoriyasining insonga oid, yani antroposentrik jihatlari qiyosiy-lingvistik nuqtai-nazardan tahlil etiladi. Tadqiqot olib borish jarayonida miqdor va adadni ifodalovchi leksik hamda grammatik birliklarning inson subyekti bilan bog‘liq tatbiq etilish holatlari xususiyatlari aniqlanadi. Har ikki tilda miqdor-adad ifodalarining semantik, pragmatik va madaniy omillar bilan uzviy aloqadorligi ochib beriladi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi miqdor ifodalarining pragmatik yuklamasi va ingliz tilidagi grammatik aniqlikka asoslangan tizimi qiyosiy tahlil zaminida yoritiladi. Tadqiqot natijalari tilshunoslik, tarjimashunoslik hamda chet tillarini o‘qitish jarayonida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
References
1. Abdullayev A. Qiyosiy tilshunoslik asoslari. - Toshkent: Fan, 2015.
2. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining leksik-semantik tizimi. - Toshkent: Universitet, 2009.
3. Safarov Sh. Pragmalingvistika. - Toshkent: Fan, 2008.
4. Kubryakova Y.S. Yazik i znaniye. - Moskva: Yaziki slavyanskoy kulturi, 2004.
5. Lyons J. Semantics. - Cambridge: Cambridge University Press, 1995.
6. Quirk R., Greenbaum S., Leech G., Svartvik J. A Comprehensive Grammar of the English Language. - London: Longman, 1985.
7. Cruse D. A. Meaning in Language. - Oxford: Oxford University Press, 2011.
8. G‘ulomov A. O‘zbek tilida grammatik kategoriyalar. - Toshkent: Fan, 2012.
9. Yusupov U. Qiyosiy tilshunoslik masalalari. - Toshkent: Akademnashr, 2018.
10. Crystal D. The Cambridge Encyclopedia of the English Language. - Cambridge: CUP, 2003.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.