Abstract
Mazkur maqolada 15-16-asrlarda shakllangan yassaviylik adabiy an’anasining vazn tizimi, xususan, barmoq she’r tizimining qo‘llanishi va rivojlanish xususiyatlari tahlil etiladi. Tadqiqotda yassaviylik tariqatining she’riyatga ta’siri, xalq og‘zaki ijodi bilan uzviy bog‘liqligi hamda barmoq tizimining sodda, ravon va ommabop shakl sifatida keng qo‘llanganligi ilmiy asosda yoritiladi. Shams O‘zgandiy, Xudoydod va Ubaydiy ijodi misolida mazkur vazn tizimining poetik imkoniyatlari, ritmik qurilishi va g‘oyaviy vazifalari ochib beriladi. Maqolada ushbu ijodkorlar asarlarida barmoq vazni orqali diniy-irfoniy mazmunni xalqona ohangda yetkazish an’anasi izchil davom etgani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, shakl va mazmun uyg‘unligi, she’riy shaklning ichki musiqiyligi hamda yassaviylik adabiy merosining keyingi davr adabiyotiga ta’siri haqida xulosalar chiqariladi.References
1. Fitrat. Tanlangan asarlar, II jild. - Toshkent: Ma’naviyat, 2000.
2. Hayitmetov A. O‘zbek adabiyotida xalqchillik va xalqchil uslib haqida// O‘TA 1993, №1.
3. KорruluF. Turkedediyatindailkmutasavviflar. Ankara, 1991. sayfa
4. Шайхзода М. Асарлар. Олти томлик. 5-том. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1973.
5. Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия - Москвa: Наука, 1963.
6. Маҳмуд Кошғарий. Девонулуғатит-турк. 1-том. - Тошкент: ФАН, 1960.
7. Аҳмад Яссавий Девони ҳикмат. - Тошкент: Ғафур Ғулом, 1992.
8. Убайдий. Ҳикматлар. - Тошкент: Мовароуннаҳр, 2020.
9. Боқирғон китоби. ЎзР ФАШИ, тошбосма, инв. №288.
10. Райҳонов Ф. Шеър қанотидаги юлдузлар (Ўзбек халқ оғзаки ижодида қофия санъати). - Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.