Abstract
Mazkur maqolada ingliz va oʻzbek tillaridagi tarkibida somatik komponent (tana aʻzolari nomlari) qatnashgan topishmoqlar chogʻishtirma-statistik usulda tahlil qilinadi. Tadqiqot uchun har ikki tildan jami 420 ta topishmoq (210 ta ingliz, 210 ta oʻzbek) tanlab olingan va ulardagi 547 ta somatik birlikning chastotaviy taqsimoti, semantik-tematik guruhlanishi hamda metaforik vazifalari qiyoslangan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, har ikki tilda ham “koʻz”, “ogʻiz”, “tish”, “bosh”, “oyoq” kabi yuqori chastotali somatizmlar mavjud, biroq ularning kontseptual yoʻnalishi va metaforik tasvirlari milliy-madaniy oʻziga xoslik bilan ajralib turadi. Xususan, oʻzbek topishmoqlarida antropomorflashtirish (71,6%), ingliz topishmoqlarida esa zoomorflashtirish (22,4%) nisbatan kengroq tarqalgan. Maqolada keltirilgan statistik maʻlumotlar topishmoqlarning lingvomadaniy tabiatini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.References
1. Husainova Z. Oʻzbek xalq topishmoqlari. - Toshkent: Fan, 1981. - 248 b.
2. Mamatov A.E. Hozirgi zamon oʻzbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari. - Toshkent: Sharq, 1991. - 156 b.
3. Rahmatullayev Sh. Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati. - Toshkent: Oʻqituvchi, 1978. - 408 b.
4. Yoʻldoshev B. Frazeologik uslubiyat asoslari. - Samarqand: SamDU, 1999. - 102 b.
5. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati. - Toshkent: Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2002. - 168 b.
6. Гак В.Г. Сопоставительная лексикология. - М.: Международные отношения, 1977. - 264 с.
7. Сендровиц Е.М. О месте экстралингвистических факторов в изучении заимствований // Вестник МГУ. Филология. - 1989. - № 4. - С. 17-24.
8. Пермяков Г.Л. Основы структурной паремиологии. - М.: Наука, 1988. - 236 с.
9. Вакк Ф.О. О соматической фразеологии в современном эстонском литературном языке: Автореф. дисс.... канд. филол. наук. - Таллин, 1964. - 29 с.
10. Taylor A. English Riddles from Oral Tradition. - Berkeley: University of California Press, 1951. - 959 p.
11. Simpson J., Roud S. A Dictionary of English Folklore. - Oxford: Oxford University Press, 2000. - 432 p.
12. Abrahams R.D., Dundes A. Riddles // Folklore and Folklife: An Introduction. - Chicago: University of Chicago Press, 1972. - P. 129-143.
13. Pepicello W.J., Green T.A. The Language of Riddles: New Perspectives. - Columbus: Ohio State University Press, 1984. - 165 p.
14. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. - Chicago: University of Chicago Press, 2003. - 276 p.
15. Kövecses Z. Metaphor in Culture: Universality and Variation. - Cambridge: Cambridge University Press, 2005. - 314 p.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
