INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI IJTIMOIY TARMOQ LEKSIKASIDA O‘Z VA O‘ZLASHMA QATLAM
PDF

Keywords

ijtimoiy tarmoq leksikasi
o‘z qatlam
o‘zlashma qatlam
virtual muloqot
internet diskursi
leksik moslashuv
ingliz tili
o‘zbek tili
neologizm

How to Cite

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI IJTIMOIY TARMOQ LEKSIKASIDA O‘Z VA O‘ZLASHMA QATLAM. (2026). WORLD OF PHILOLOGY, 5(4), 230-239. https://doi.org/10.70728/phil.v05.i04.040

Abstract

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillari ijtimoiy tarmoq leksikasida o‘z qatlam va o‘zlashma qatlamning shakllanishi, funksional faolligi, semantik o‘zgarishlari hamda sotsiolingvistik xususiyatlari qiyosiy-tahliliy asosda yoritiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llanuvchi leksik birliklar nafaqat axborot almashinuvining vositasi, balki jamiyatning madaniy, ijtimoiy va texnologik taraqqiyotini aks ettiruvchi lingvistik ko‘rsatkich sifatida ham baholanadi. Maqolada ingliz tilidagi digital native leksika hamda o‘zbek tilidagi moslashgan va aralash shakllar tahlil qilinib, o‘z qatlam va o‘zlashma qatlam o‘rtasidagi nisbat, semantik tortishuv, uslubiy farqlanish va nutqiy tejamkorlik tendensiyalari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq muhitida o‘zlashma birliklarning morfologik moslashuvi, ayniqsa, o‘zbek tilida agglyutinativ mexanizmlar orqali faollashishi misollar asosida asoslanadi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy tarmoq leksikasi zamonaviy til taraqqiyotining eng tezkor va dinamik qatlamlaridan biri ekanini, u milliy til imkoniyatlarini ham, global ta’sir mexanizmlarini ham bir vaqtning o‘zida namoyon etishini ko‘rsatadi.
PDF

References

1. Berdialiyev A. O‘zbek sinxron sotsiolingvistikasi. - Xo‘jand, 2015. - 195 b.

2. Hojiyev A. O‘zbek tili so‘z yasalishi tizimi. - Toshkent: O‘qituvchi, 2007.

3. Isroilova B. A. Ijtimoiy omillarning tilga ta’siri (Virtual muloqot tahlili asosida): Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoref. - Andijon, 2024. - 62 b.

4. Isroilova B. A. Virtual nutqiy muloqotda paralingvistik vositalarning o‘rni // “Yosh olimlar” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. - 2023. - B. 126- 128.

5. Mahmudov N. O‘zbek tilining mo‘tabar maqomi // O‘zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 2022. - № 5. - B. 15.

6. Muhiddinova X., Xudoyberganova D., Umirov I., Jiyanova N., Yusupova T. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. - Toshkent: O‘qituvchi, 2006. - 208 b.

7. Odilov Yo. Til siyosati: davlat tili, rasmiy til va milliy tillar // O‘zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 2022. - № 2. - B. 3-10.

8. Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. - Toshkent, 1995.

9. Rustamov D. Internet muloqotining o‘ziga xos jihatlari // So‘z san’ati xalqaro jurnali. - 2020. - 3-jild, № 3. - B. 213-220.

10. Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo‘ng‘urov R., Rustamov H. O‘zbek tili stilistikasi. - Toshkent: O‘qituvchi, 1983.

11. Shukurov O. U. Yangi davr o‘zlashmalarida transformatsion darajalanish // O‘zbekistonda xorijiy tillar. - 2022. - № 2(43). - B. 48-60.

12. Yusupova D. A. Internet tili va zamonaviy lingvistik jarayonlar // O‘zbek tilshunosligi masalalari. - 2021. - № 2. - B. 45-52.

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.