Abstract
Ushbu tadqiqot ishida Muhammadrizo Ogahiyning “Gul” radifli g‘azali badiiy tahlil qilinadi. Shoirning mumtoz she’riyatdagi o‘rni, lirik mahorati va ichki kechinmalarni tasvirlashdagi nozik usullari yoritiladi. Maqolada g‘azalning vazni, radifi, qofiya tuzilishi va badiiy san’atlar (tajohuli orif, tashxis, istiora, tamsil, tanosub, tahrir, nido) misollar asosida tahlil etiladi. Shuningdek, “gul” timsolining g‘azal davomida qanday ma’no o‘zgarishlariga uchrab, yor, parvona, devona, oshiq va hayot falsafasi bilan bog‘liq ramziy ma’nolarda qo‘llanishi ko‘rsatiladi. Maqolada Ogahiy ijodining Navoiy an’analari bilan bog‘liqligi hamda uning lirikasiga xos samimiylik va badiiy mukammallik haqida xulosalar beriladi.References
1. Муҳаммад Ризо мироб Эрниёзбек ўғли Огаҳий. Асарлар. 6 жилдлик. 1- жилд. Девон. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1971. - 392 б.
2. Муҳаммад Ризо Огаҳий. Асарлар. 6 жилдлик. 2-жилд. Девон. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1972. - 421 б.
3. Огаҳий Муҳаммадризо. Таъвиз ул-ошиқин. - Тошкент: Фан, 1960. - 646 б.
4. Носиров О., Жамолов С., Зиёвиддинов М. Ўзбек классик шеърияти жанрлари. - Тошкент: Ўқитувчи, 1976. - 184 б.
5. Орзибеков Р. Ўзбек лирик поэзиясида ғазал ва мусаммат. - Тошкент: Фан, 1976. - 168 б.
6. Атоуллоҳ Ҳусайний. Бадойиъ ус-санойиъ. Форсчадан А.Рустамов таржимаси. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1981. - 132 б.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.