Abstract
Maqolada XIX asr va XX asr boshlarida yashab ijod etgan maʼrifatparvar shoira Dilshodning hayoti va ijodiy merosi tahlil qilinadi. Oʻzbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida fors-tojik adabiyotining tutgan oʻrni, ikki xalqning asrlar davomidagi yaqin madaniy va adabiy aloqalari taʼkidlanadi. Dilshod oʻz asarlarini oʻzbek va tojik tillarida “Dilshod” hamda “Barno” taxalluslari bilan yozgan boʻlib, uning “Sabotul bashar”, “Tarixi muhojiron” asarlari va lirik merosi bugungi kungacha yetib kelgan. Shoira hayotining ogʻir kechmishlari - yetimlik, asirlik, hijrat kabi voqealar uning ijodida oʻz aksini topgan. Maqolada, shuningdek, Dilshod ijodini oʻrganishga hissa qoʻshgan olimlar - A.Muxtorov, A.Qayumov, S.Erkinov, F.Xusanova, M.Qodirova kabi tadqiqotchilarning ilmiy ishlariga ham toʻxtalib oʻtiladi. Shoira hayotining ibratli jihatlari - mardlik, vafodorlik, sadoqat va maʼrifatparvarlik kabi fazilatlar yosh avlod tarbiyasida muhim oʻrin tutadi.References
1. “Dilshod. Anbar Otin” tuzuvchi M. Qodirova “Fan” 1994.
2. “O‘zbek adabiyoti tarixi”. Besh tomlik T. “Fan” 1980-y.
3. Uvaysiy “Ko‘ngil gulzori”. T.F.F nashriyoti 1983.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.