Abstract
Mazkur maqolada lingvopoetika va lingvopoetik tahlilning shakllanishi, nazariy asoslari hamda badiiy matnni o‘rganishdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada L.V. Sherba, V.V. Vinogradov va Zadornova kabi olimlarning lingvopoetika haqidagi ilmiy qarashlari tahlil qilinib, ularning o‘zaro farqli va uyg‘un jihatlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, lingvopoetik tahlilning mohiyati hamda badiiy asardagi til birliklarining estetik vazifasi haqida fikr yuritilgan. Tadqiqotning asosiy qismida Erkin Vohidov she’riyatida uchraydigan ma’no ko‘chish hodisalari - metafora, metonimiya va sinekdoxa misollar asosida lingvopoetik jihatdan tahlil qilingan. Shoirning tasviriy vositalardan foydalanish mahorati, obrazlilikni yaratishdagi individual uslubi hamda she’riy matnning emotsional-ta’sirchanligini oshirishdagi badiiy vositalarning o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijasida Erkin Vohidov ijodida ko‘chimlarning muhim poetik va estetik vosita sifatida xizmat qilishi ilmiy asosda yoritilgan.References
1. A. Hojiеv. "Lingvistik tеrminlarning izohli lug‘ati" -Toshkеnt, 1985.
2. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. - Toshkent: O‘qituvchi, 1996.
3. Erkin Vohidov " Ruhlar isyoni" dostoni
4. Karimov S. O’zbek tilining badiiy uslubi: Filol. fanlari d-ri.…dis. - Samarqand, 1993.
5. Nargiza Erkaboyeva "O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami" to‘ldirilgan qayta ishlangan nashr 2021- yil. Toshkent
6. Sultonsaidova S., Sharipova O‘. O‘zbek tili stilistikasi. - Toshkent: Yurist- media markazi, 2009. - 112 b.
7. Vohidov E. Inson: She’rlar (1956-2006). - Toshkent: "O‘zbekiston" nashriyot- matbaa ijodiy uyi
8. Vohidov E. "Yoshlik devoni" G‘afur G‘ulom nomidagi Badiiy adabiyot nashriyoti Toshkent:
9. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. - Toshkent: Fan, 2007.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.