QO‘QON XONLIGI HUKMDORLARI ISM VA LAQABLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI
PDF

Keywords

Qo‘qon xonligi, antroponimiya, antroponim, tarixiy onomastika, laqab, unvon, xon, biy, bek, semantika, nominatsiya

How to Cite

QO‘QON XONLIGI HUKMDORLARI ISM VA LAQABLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI. (2026). ORIENTAL ART AND CULTURE, 7(02), 196-208. https://doi.org/10.70728/orien.v07.i02.034

Abstract

Ushbu maqolada Qo‘qon xonligi davri antroponimiyasi lisoniy va tarixiy-etimologik jihatdan tadqiq etiladi. Xususan, Qo‘qon xonlari va xonzodalari nomlari tizimi, ularning ismlari, laqablari, unvon bilan shakllangan antroponimik birliklari hamda ota-ism modellari tahlil qilinadi. Antroponimlarning nominatsion-motivatsion asoslari, semantik qatlamlari, diniy, istak va tasviriy nomlash an’analari misollar orqali yoritiladi. Shuningdek, hukmdorlar nomlarida sulolaviy davomiylik, diniy e’tiqod, ijtimoiy maqom va unvon ifodasining aks etishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada hukmdorlar ismlarining arabiy, forsiy va turkiy manbalarga mansubligi, diniy-islomiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi, shuningdek, sulolaviy an’ana va siyosiy legitimatsiya vositasi sifatidagi funksiyasi yoritiladi. Jumladan, Shohruxbiy, Olimxon, Umarxon, Muhammad Alixon, Xudoyorxon kabi hukmdorlarning nomlari misolida “xon”, “bek”, “biy”, “amir”, “shoh”, “Muhammad”, “ali” kabi komponentlarning semantik yuklamasi ochib beriladi. Shuningdek, laqablarning siyosiy qudratni ifodalovchi (masalan, “Bahodir”, “G‘oziy”), diniy e’tiqod va tasavvufiy qarashlarni aks ettiruvchi, shaxsiy fazilat va xarakter belgilarini bildiruvchi semantik turlari tasniflanadi. Ism va laqablarning qo‘llanish doirasi, tarixiy manbalardagi variantlari, fonetik va morfologik o‘zgarishlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Qo‘qon xonligi hukmdorlari onomastik tizimida diniy-islomiy leksika ustuvorligi, forsiy-adabiy ta’sirning sezilarli darajasi hamda turkiy siyosiy terminologiyaning faol qo‘llangani aniqlanadi. Maqola tarixiy onomastika, leksikologiya va semasiologiya yo‘nalishlarida olib boriladigan tadqiqotlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi.

PDF

References

1. Қўқон хонлиги // Ўзбекистон миллий энциклопедияси. - Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2005. - 11-ж. - Б. 156.

2. Бегматов Э.А. Ўзбек исмлари маъноси. - Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2016. - Б. 506.

3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. - Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2023. - 2-j. - B. 401.

4. Кенжаева С.Э. Ўзбек тили антропонимларининг номинацион-мотивацион асослари ва тавсифи: Филол. фан. бўйича фалсафа док. ... диссер. - Қарши, 2019. - Б. 150. 213 б.

5. Омонтурдиев А.Ж. Профессионал нутқ эвфемикаси. - Тошкент: Фан, 2006. - Б. 28.

6. Sulaymonbek (ziyouz.com)

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.