Abstract
Ushbu maqolada milliy kompozitorlik maktabining zabardast vakili Mutal Burhonovning “Abadiy xotira” rekviemi jadidchilik g‘oyalari va qatag‘on qurbonlari xotirasi prizmasi orqali tahlil qilingan. Muallif asarning yaratilish tarixi kompozitorning shaxsiy oilaviy fojiasi hamda o‘zbek ziyolilarining taqdiri bilan naqadar chambarchas bog‘liqligini ochib beradi. Tadqiqotda rekviemning musiqiy dramaturgiyasi, xususan, sillabik uslub, milliy sato cholg‘usining qo‘llanilishi va G‘arb janrining islomiy qadriyatlar bilan sintezi ko‘rib chiqilgan. Maqolada asardagi vokal partiyalarning diniy qiroat va jadidlar she’riyati bilan uyg‘unligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, asarning besh qismli tuzilishi va undagi musiqiy ifoda vositalarining inson ruhiyatidagi iztiroblarni aks ettirishdagi o‘rni yoritilgan. Xulosa sifatida rekviemning nafaqat motam asari, balki istiqlol g‘oyalarini tarannum etuvchi ma’naviy obida ekanligi ta’kidlanadi.References
1. Qosimxo‘jayeva S. Mutal Burhonov ijodida Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosir // O‘zbekiston xalq artisti Mutal (Mutavakkil) Burhonov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman maqolalari to‘plami. - Toshkent, 2016. - B. 50- 52.
2. Mutal Burhonov “Abadiy xotira”( partitura)- Toshkent, 1995.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.