Abstract
Maqom san’ati o‘zbek mumtoz musiqasining asosi hisoblanib, uning negizi uzoq o‘tmishlarga borib taqaladi. Ustoz-shogirt an’analari bilan ogʻzaki tarzda bizgacha yetib kelgan bu san’at turi, faqatgina XX asrda V.A.Uspenskiy va Yunus Rajabiy tomonidan notaga olingan. Shu ishlar zamirida Is’hoq Rajabov maqom masalalariga doir bir qancha tahliliy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar nashr etgan. Biroq bugungi kunga kelib maqomlarning tahliliy va nazariy asoslari to‘liq o‘rganilmayotganligi sababli ularni qay asosda rivoj topgani, qaysi musiqiy tuzilmalar va umimiy lad jihatidan qanday o‘zaro turkum hosil qiluvchi omillar, kompozitor va bastakorlar o‘z ijodida qay tarzda maqomlardan foydalanilganlik dolzarbligicha qolib kelmoqda. Shu bois ushbu maqola Navo maqomining o‘zbek kompozitorlari va bastakorlari ijodida qay tarzda qo‘llanilganligi, hamda Navo maqomining tarixiy jarayonlarini rivojlanish bosqichlarini o‘z ichida aks ettirgan. Bastakorlik namunasidan mashhur bastakor Komiljon Jabborovning “Etmasmidim” va kompozitorlik ijodidan Mirhalil Mahmudovning “Navo” nomli simfoniyasi qisqacha tahlili hususida fikr yuritamiz.References
1. Rajabov I. Maqomlar. Toshkent: “San’at”, 2006.
2. Ibrohimov O.A. Maqom asoslari. Toshkent: “Turon-Iqbol”, 2018.
3. Янов-Яновская Н.С. Узбекская симфоническая музыка. Ташкент: Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1979.
4. Ibrohimov O.A. Maqom asoslari. - Toshkent: Turon-Iqbol, 2018.
5. Матяқубов О. Мақомот. - Ташкент: Мусиқa, 2004.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.