Abstract
Mazkur maqola «So‘g‘diyona» O‘zbekiston davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestrining faoliyati va o‘ziga xos fenomenini tadqiq etishga yo‘naltirilgan. Unda jamoaning shakllanish tarixi O‘zbekiston mustaqilligi davrining madaniy uyg‘onish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Orkestrning ijodiy qiyofasi va repertuar ko‘lami - asl milliy folklor namunalaridan tortib, Yevropa akademik musiqasining murakkab asarlarigacha qamrab olgani bilan diqqatga sazovordir. Maqola markazida jamoaning ijodiy yo‘nalishi va yuksalish bosqichlarini belgilab bergan asosiy shaxs - badiiy rahbar va dirijyor Feruza Abduraximovaning mahorati, ijodiy tashabbuslari hamda san’atga bo‘lgan o‘ziga xos qarashlari tahlili turadi. Turli xalqaro loyihalar va ijodiy hamkorliklar tahlili orqali «So‘g‘diyona» nafaqat milliy ijrochilik san’atining peshqadami, balki «Sharq-G‘arb» madaniy muloqotida O‘zbekistonning o‘ziga xos «musiqiy elchisi» ekanligi asoslab beriladi.References
1. Nazarov O. Firuza Abduraximova. Maqsad sari yo‘l - T., 2020.
2. Tashmatova A. O‘zbekiston davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri “So‘g‘diyona” // J. San’at - 2010 (№ 4).
3. Tursunova G. Ijodiy izlanishlar samarasi ("So‘g‘diyona" o‘zbek xalq cholg‘u kamer orkestri ijodiga chizgilar) // “So‘g‘diyona” orkestri faoliyatining 20 yilligiga bag‘ishlangan to‘plam. T., 2013. B. 77-82.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.