Abstract
Maqolaning asosiy qismiga o‘tishdan oldin rang nima, u tabiatda qanday hosil bo‘ladi va rangshunoslik faning tarixi haqidagi savollarga qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Insoniyatning rangni anglash va uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari qadim zamonlar (iptidoiy jamoa) davriga borib taqaladi. Rang atamasi juda murakkab tushuncha bo‘lib, u hozirgi kungacha ma’lum bir sohalarda alohida fan sifatida o‘rganiladi, o‘qitiladi. Rang nima degan savolga turli davr olim va faylasuflari turlicha ta’rif berganlar. Garchi, rang atamasiga turlicha ta’riflar berilsada lekin barchasi umumiy bir ma’noga ega yani ranglar yorug‘lik ta’sirida vujuga keladi. Hozirgi paytda rangga (Rang - bu quyosh nuridagi inson ko‘ziga ko‘rinuvchi elektromagnit to‘lqinlarning tarkibiy qismi. Rang - yorog‘lik ta’sirida inson ko‘zida uyg‘onuvchi hissiyot. v.h.k) kabi tavsiflar berilmoqda. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun “Rang ning tabiati shaffoflik bo‘lib, u yorug‘lik mahsuli. Rang faqat nur bor erda ko‘rinib, qorong‘ulikda mavjud emas. Nurni oq, qorong‘ulikni qora rang deb bilsak, demak asosiy ranglar oq va qora”, - deb o‘z fikrlarini bayon qilgan. Ranglarni o‘rganuvchi “rangshunoslik” fani qadimgi yunonistonda alohida fan sifatida vujudga kelib, o‘rganila boshlangan. Bugungi kunda esa rang hususiyatlari kimyo, fizika, tibbiyot ayniqsa, tasviriy va amaliy san’atda juda keng miqyosda o‘rganilib kelinmoda. Biz endi o‘quvchilar bilan asosiy ranlar hamda ulardan yangi ranglar hosil qilish usullari haqida bilim va tajribalarni bo‘lishamiz. Bu ma’lumotlar o‘quvchi talabalar uchun oz bo‘lsada manfaatli bo‘lsa biz zimmamizdagi fazifani bajargan bo‘lamiz.References
1. Itten, J. The Art of Color: The Subjective Experience and Objective Rationale of Color. New York: Wiley, 1973.
2. Albers, J. Interaction of Color. New Haven: Yale University Press, 1963.
3. Birren, F. Color Theory and Color Psychology. New York: Citadel Press, 1961.
4. Arnheim, R. Art and Visual Perception: A Psychology of the Creative Eye. Berkeley: University of California Press, 1974.
5. Maxwell, J. C. On the Theory of Colour Vision. London: Royal Society Publications, 1861.
6. Pastoureau, M. Blue: The History of a Color. Princeton: Princeton University Press, 2001.
7. Kemp, M. The Science of Art: Optical Themes in Western Art from Brunelleschi to Seurat. New Haven: Yale University Press, 1990.
8. M.M.Sabirov, Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari, o‘quv qo‘llanma,- Toshkent. Lesson press. 2021-y.
9. Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari: o‘quv qo‘llanma. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2015.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.