Abstract
Mazkur maqolada amaliy san’atda mavzu asosida dastlabki badiiy izlanishlar olib borish hamda kompozitsion g‘oyani shakllantirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotning dolzarbligi amaliy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, ularning kompozitsion fikrlash qobiliyatini shakllantirish hamda mustaqil badiiy yechim topish kompetensiyalarini takomillashtirish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatish, qiyosiy tahlil, ijodiy topshiriqlarni tahlil qilish hamda kompozitsion izlanishlar metodlaridan foydalanildi. Natijada mavzu asosida dastlabki badiiy izlanishlarni tashkil etish orqali talabalarda kompozitsion tafakkurni rivojlantirishning samarali usullari aniqlashtirildi. Tadqiqot natijalari amaliy san’at mashg‘ulotlarida ijodiy jarayonni samarali tashkil etish hamda talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.References
1. Abdirasilov S. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. Toshkent: Ilm-Ziyo, 2006.
2. Abdullayev S. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi.
3. Abdirasilov S., Boymetov B., Tolipov N. Tasviriy san’at. Toshkent: Cho‘lpon, 2006.
4. Abdirasilov S. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. Т.: «Fan уа texnologiya», 2012.
5. Arnheim R. Art and Visual Perception (expanded edition).
6. Mengnorov I. J. TASVIRIY SAN’AT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA, О ‘QUVCHILARNING KOGNITIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI //Inter education global study. - 2024. - №. 4. - С. 382-391.
7. Jumanazarovich M. I. Rangtasvir Mashg‘ulotlarida Qalamtasvirning Ahamiyati. - 2023.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.