QORAQALPOQ AN’ANAVIY MUSIQASINI ALAMOYNAQ DUWTARDAN GIRJEKKA TRANSKRIPSIYA QILISHNING NAZARIY TAMOYILLARI
PDF

Keywords

Qoraqalpoq musiqasi
alamoynaq duwtar
girjek
transkripsiya
nazariy tamoyillar
kamon shtrixlari
burdonli diyafoniya
mikrotonallik
applikatura

How to Cite

QORAQALPOQ AN’ANAVIY MUSIQASINI ALAMOYNAQ DUWTARDAN GIRJEKKA TRANSKRIPSIYA QILISHNING NAZARIY TAMOYILLARI. (2026). ORIENTAL ART AND CULTURE, 7(7), 73-78. https://doi.org/10.70728/orien.v07.i07.012

Abstract

Ushbu maqolada qoraqalpoq an’anaviy instrumental musiqasining o‘ziga xos dinamik va texnik jihatdan murakkab ijro yo‘nalishi hisoblangan «Alamoynaq» kuylarini chertma-zarbli duwtar cholg‘usidan kamonli girjek fonikasiga transkripsiya qilish masalalari ilmiy va musiqiy jihatdan atroflicha tahlil etilgan. Tadqiqot jarayonida har ikkala an’anaviy milliy cholg‘uning o‘ziga xos akustik-tembral tabiati, o‘ziga xos burdonli diyafoniya hamda qoraqalpoq musiqa tiliga mansub bo‘lgan nozik mikrotonal intonatsiyalash tizimi o‘zaro qiyoslanib, transkripsiyaning fundamental nazariy tamoyillari ilk bor tizimli ravishda ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan bevosita amaliyotda tayyorlangan nota namunalari asosida, duwtardagi o‘ng qo‘l mizrob zarblarini girjek kamon shtrixlariga muvofiqlashtirish hamda chap qo‘l applikaturasini to‘g‘ri taqsimlash bo‘yicha muhim uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Maqolada keltirilgan muhim ilmiy xulosalar va amaliy takliflar kelajakda oliy hamda o‘rta maxsus musiqa ta’limi tizimida qoraqalpoq xalq kuylari hisobiga girjek sinfi o‘quv repertuarini yanada boyitishga, talabalarning amaliy ijrochilik mahoratini shakllantirishga hamda milliy cholg‘ushunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar bazasini kengaytirishga, yangi metodik tavsiyalar yaratishga juda katta xizmat qilishi mutloq shubhasizdir.
PDF

References

1. Айымбетов Қ. Халық даналығы. - Н кис: Қарақалпақстан, 1988. - 492 б.

2. Надирова А. Қорақалпоқ мусиқа тарихи. - Тошкент: Фан ва технология, 2018. - 180 б.

3. Abdisultanov J. Arnawlı saz. - Nókis: Ilimpaz baspası, 2023. - 122 b.

4. Niyazbaeva A. Girjek saz ásbabiniń kelip shígiw táriyxi // Modern Science and Research. - 2025. - Vol. 4. - No. 7. - PP. 15-20.

5. Niyazbaeva A. Girjek saz ásbabiniń dúzilisi hám onda shígarmaní atqaríw usíllarí // Modern Science and Research. - 2025. - Vol. 4. - No. 7. - PP. 21-26.

6. Niyazbaeva A. Qaraqalpaqstanda girjekshi hayal-qízlardíń ómiri hám dóretiwshiligi // Журнал академических исследований нового Узбекистана. - 2025. - Vol. 2. - № 7. - Pp. 55-59.

7. Musiqiy tarbiya - ma’naviyat ko‘zgusi: Ilmiy-metodik maqolalar to‘plami / To‘plamni nashrga tayyorlovchi: R. Qo‘shinova; Mas’ul muharrir: O. Azizov; Namangan davlat universiteti. - Namangan, 2017. - 170 b.

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.