QOʻQON XONLIGIDA QOZILIK LAVOZIMIGA TAYINLASH MASALALARI
PDF

Keywords

tarixiy hujjat, mulkchilik, meros huquqi, xalq sudyalarini, qozi faoliyati

Abstract

Maqolada bugungi kunda dunyoning qator yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida xalq sudlari faoliyati bilan bogʻliq tarixiy jarayonlarni diniy urf-odat anʼanalari, milliy va diniy qadriyatlar, mulkchilik tizimi kabi masalalar doirasida huquqiy
asoslantirilgan ijtimoiy munosabatlarni qiyosiy tahlil qilish, qoʻlga kiritilgan ilmiy natijalardan kelib chiqib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish borasida koʻplab izlanishlar olib borilayotgani, hozirga davrda yuksak huquqiy madaniyat shakllantirish mavjud davlatlar
siyosatida ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida eʼtirof etilishi sohani tadqiq etish ehtiyojini vujudga keltirayotgani, sud-huquq faoliyatiga doir ilmiy-nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish, uning tarixini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etayotgani yoritilgan.
Jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlarida gʻoyaviy, mafkuraviy va informatsion kurashning kuchayib, mahalliy lokal tarzdagi tarixiy voqea-hodisalarning xalqaro ahamiyat kasb etayotganligi tarixiy xotiraning jamiyat hayotidagi oʻrnini orttirib yubordi. XX asrning
oxiridagi siyosiy jarayonlar atroflicha va xolisona yoritilmagan muammolarni tarix fanining tadqiqot obyektiga aylantirdi. Bu esa yangi tarixiy faktlar asosida siyosiy воқеликlarni obyektiv oʻrganish boʻyicha maxsus tadqiqotlar olib borishni talab etmoqda.

PDF