Abstract
Ushbu maqolada Qo‘qon shahrining qadimiy arxeologik yodgorliklari va ularni o‘qitish va ta’lim jarayoniga innovatsiya qilish masalalari va usullari turli metodlar yordamida tahlil etiladi. Qo‘qonning tarixiy-arxeologik yodgorliklarini o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Farg‘ona viloyat hokimligi va Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan tadqiq etish va o‘rganishga oid bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada maxsus chora-tadbirlar ham belgilab olingan. Ayniqsa, qadimiy Qo‘qon tarixining tub ildizlarini tadqiq qilish, uni ommalashtirish, turistlar uchun maxsus ko‘rgazma va ekspozitsiyalar yaratish yo‘lidagi ishlar kun sayin dolzarb tus olib, Qo‘qondagi Tepaqo‘rg‘on arxeologik yodgorligi muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.