Abstract
Baho munosabati muammosi ko’p yillardan beri insoniyatning
ko’plab sohalarida tadqiqotchilarning e’tiborini tortib keladi. Insonning baholash
faoliyati ko’plab va ko’p qirrali tadqiqot ishlarida tasvirlangan. Tadqiqotchilar “baho
munosabati” ni psixologik, mantiqiy, falsafiy va lingvistik nuqtayi nazarlardan tahlil
qilishga urinishgan. Bu bahoning yuzaga kelishi qiyin jarayonligi bilan bog’liqdir,
bunda ma’lum bir voqea-hodisani nafaqat idrok etish, balki mavjud hayot modeli yoki
insonning shaxsiy fikrlari, his tuyg’ulari bilan qiyoslash talab qilinadi va keyin natija
tahlil qilinadi. Biz, bu maqolada, bahoni linguistik birlik sifatida tahlil qilamiz.