Abstract
Mazkur maqolada Qoʻqon xonligi tarixini oʻrganishning tarixshunoslik bosqichlari, mavzuga oid mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlar hamda manbalar tahlil qilinib, ularning ilmiy qiymati baholanadi. Shuningdek, Qoʻqon xonligi tarixiga oid tadqiqotlarda davlat boshqaruvi, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar, maʼmuriy tuzilma, iqtisodiy hayot va madaniy jarayonlarni yoritishdagi yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada mustaqillik davrida milliy tarixshunoslikda yuzaga kelgan yangi ilmiy qarashlar, arxiv hujjatlari va qoʻlyozma manbalar asosida shakllangan konseptual yondashuvlar ochib beriladi. Tadqiqot natijalari Qoʻqon xonligi tarixini xolis va manbalarga tayangan holda qayta baholash, uning Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi hamda milliy tarixshunoslikdagi oʻrnini aniqlashga xizmat qiladi.