Abstract
Mazkur maqolada Farg'ona viloyati muzeylarida arxeologik ashyolarni saqlash, restavratsiya qilish va namoyish etish sohasidagi dolzarb muammolar tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2023-yilda e'tirof etilgan muzeylarning moddiy-texnik bazasi, harorat va namlik rejimiga rioya etilishi, ixtisoslashtirilgan restavratsiya maxsuslashtirilgan laboratoriyalarining yetishmasligi kabi bir qator dolzarb muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son Qarori doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning muzeylar faoliyati sohasi rivojiga ta'siri yoritiladi, hamda mavjud muammolarni hal etishning ilmiy-amaliy yo‘llari tizimli tarzda ishlab chiqilib tavsiya etiladi.