Abstract
Mazkur ishda chizmachilik va muhandislik grafikasi darslarida grafik topshiriqlar ustida ishlash orqali o‘quvchilarning kritik (tanqidiy) fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish muammosi tadqiq etilgan. Tadqiqotda an’anaviy "ko‘chirib chizish" metodlaridan voz kechib, o‘quvchilarni tahlil, mantiqiy deduksiya va muammoli vaziyatlarni hal qilishga yo‘naltiruvchi yangi pedagogik yondashuvlar asoslab berilgan. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, unda grafik xatolarni topish, proyeksiyalarni optimallashtirish va ijodiy loyihalashga asoslangan maxsus mashqlar tizimi taklif etilgan bo‘lib, ular STEAM va PISA xalqaro baholash dasturlari talablariga to‘liq javob beradi.