Abstract
Maqolada Is’hoqxon To‘ra Ibratning “Tarixi Farg‘ona” asari, asarning yaratilish sabablari, asarning hozirgi o‘zbek adabiy tiliga tabdil qilinish masalari yuzasidan ayrim mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, asarda keltirilgan she’riy parchalarning qaysi janrga mansubligi,nasriy bayoni, asarda kelish o‘rni va g‘oyaviy mazmuni, forscha marsiya-ta’rixlarning tarjimasiga ham ahamiyat berib o‘tilgan. Marsiya, ta’rix kabi janrlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan.