Abstract
Mazkur maqolada Qoʻqon shahrining muhim maʼnaviy-maʼrifiy maskanlaridan biri hisoblangan Amiriy kutubxonasining tashkil topish tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda jamiyat hayotidagi oʻrni tahlil etilgan. Tadqiqot davomida kutubxonaning Qoʻqon madaniy muhiti shakllanishidagi ahamiyati, kitobxonlik madaniyatini targʻib etishdagi faoliyati va yosh avlodni ilm-fanga boʻlgan qiziqishini oshirishdagi xizmatlari yoritib berilgan. Shuningdek, kutubxonada saqlanayotgan adabiy va ilmiy manbalar, milliy-madaniy merosni asrash borasidagi ishlari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Maqolada Amiriy kutubxonasining nafaqat Qoʻqon shahri, balki mamlakat maʼnaviy hayotidagi oʻrni ham ilmiy asosda ochib berishga harakat qilingan.