Abstract
Mazkur maqolada fransuz sayyohi va tadqiqotchisi Marie de Ujfalvy-Bourdonning safarnomasi Qo‘qon xonligi me’morchiligi tarixini o‘rganishdagi muhim manbalardan biri sifatida tahlil qilingan. Asarda keltirilgan foto tasvirlar hamda tavsifiy ma’lumotlar asosida Xudoyorxon saroyining XIX asr oxiridagi holati yoritib berilgan. Tadqiqotda muallif tomonidan taqdim etilgan vizual materiallarning tarixiy-me’moriy obidalarni rekonstruksiya qilishdagi ilmiy ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, maqolada safarnomadagi ma’lumotlarning Qo‘qon xonligi madaniy merosi va me’morchilik tarixini o‘rganishdagi o‘rni tahlil etilgan.