Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining asosiy janrlari – maqol, topishmoq va dostonlar misolida ularning lingvomadaniy xususiyatlari hamda zamonaviy raqamlashtirish jarayonidagi muammolar va yechimlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda og‘zaki merosning milliy tafakkur va madaniyatni aks ettirishdagi o‘rni, uni audio, video va matn shaklida saqlash texnologiyalari, shuningdek, folklor korpuslarini yaratish masalalari yoritilgan. Shuningdek, dialektal xususiyatlar, variantlilik va ilmiy transkripsiya muammolari asosida autentiklikni saqlash zarurati ilmiy asosda izohlanadi.