Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining
I-1043 fondi – “Qo‘qon xonlari arxivi” hujjatlarining moddiy asosi, xususan ularning, asosan, Qo‘qon qog‘oziga yozilganligi masalasi tahlil qilingan. Arxiv hujjatlarining tarkibi, yozuv uslubi, qog‘oz turlari va hujjatshunoslik xususiyatlari o‘rganilib, Qo‘qon qog‘ozining xonlik ma’muriy tizimidagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqot jarayonida arxiv materiallari, tarixiy manbalar va arxivshunoslikka oid ilmiy ishlardan foydalanildi. Natijada Qo‘qon qog‘ozi nafaqat hunarmandchilik mahsuloti, balki davlat boshqaruvi, iqtisodiy munosabatlar va madaniy hayotning muhim vositasi bo‘lganligi asoslab berildi.