O‘QITUVCHILARNING KASBIY RIVOJLANISHINI MONITORING QILISHDA RAQAMLI PLATFORMALARNING O‘RNI VA SAMARADORLIGI
PDF

Keywords

kasbiy rivojlanish, raqamli monitoring, elektron platforma, diagnostika, malaka oshirish, ta’lim sifati, LMS, baholash tizimi.

Abstract

Ushbu tezisda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini monitoring qilishda raqamli platformalarning o‘rni va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qabul qilingan PQ-231-son va VMQ-867-son qarorlari asosida joriy etilgan yangi uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasining imkoniyatlari, shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholashning elektron tizimlari o‘rganilgan. Yangi tizim doirasida o‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari diagnostikadan o‘tkazilib, ularning kasbiy ehtiyojlariga ko‘ra tabaqalashtirilgan o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilmoqda. Tahlillar asosida raqamli monitoring tizimining ta’lim sifatini oshirishdagi afzalliklari va mavjud muammolar yoritilgan.

PDF