Abstract
Mazkur maqolada buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur shams hamda uning saltanati tarixini yoritishda mashhur arab mutafakkiri, tarixchi va sotsiolog Ibn Xaldunning “Kitob al-Ibar” asarining manbashunoslik va tarixshunoslikdagi o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, 1401-yilda Damashq qamalida Amir Temur va Ibn Xaldun o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuv tafsilotlari, mutafakkirning Sohibqiron haqidagi xolis va falsafiy mushohadalari yoritilgan.