Abstract
Maqolada oliy ta'lim muassasalarida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishda interaktiv platformalar va multimedia vositalaridan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari yoritiladi. Raqamli ta'lim sharoitida tarixiy bilimlarni faqat matn orqali emas, balki xarita, hujjat, audio-video material, virtual taqdimot, onlayn muhokama va testlar orqali o‘zlashtirish zarurligi asoslanadi. Maqolada Google Classroom, Moodle, Microsoft Teams, Padlet, Mentimeter, Kahoot, Quizizz, Canva va interaktiv xaritalar kabi vositalarning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinib, ularni seminar, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ta'limda qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi.