Abstract
Ushbu maqolada XIX asr o‘zbek davlatchiligi tarixining nodir manbasi — Niyoz Muhammad Xo‘qandiyning «Tarixi Shohruhiy» asari sivilizatsion yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Qo‘qon xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, xususan, irrigatsiya tizimi, shahar va bozor madaniyati, soliq siyosati hamda harbiy san’ati asarda keltirilgan faktlar orqali yoritilgan. Shuningdek, xonlikning Sin imperiyasi bilan olib borgan murakkab diplomatik aloqalari va Sharqiy Turkistondagi "Xitoy g‘azoti" voqealarining strategik ahamiyati ochib beriladi. Maqola Qo‘qon xonligini mintaqaviy geosiyosatning muhim sub’ekti va yuksak sivilizatsiya markazi sifatida baholaydi.