Abstract
Mazkur maqolada Qo‘qon xonligidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning asosiy jihatlari keng tahlil qilinadi. Xususan, aholi tabaqalari, ularning jamiyatdagi o‘rni, yer egaligi shakllari, soliq tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, hunarmandchilik tarmoqlari hamda ichki va tashqi savdo aloqalari yoritib beriladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, bozor munosabatlari va karvon savdosining xonlik iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada turli ijtimoiy qatlamlarning iqtisodiy hayotdagi o‘rni hamda Qo‘qon xonligining tarixiy rivojlanishidagi ahamiyati ilmiy asosda ochib berilgan.