Abstract
Ushbu maqolada Qo‘qon sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, uning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi hamda boy madaniy merosi tahlil qilinadi. Ayniqsa, Qo‘qon xonligi davrida hududda yuz bergan siyosiy jarayonlar, dehqonchilik va hunarmandchilikning rivoji, savdo aloqalarining kengayishi yoritiladi. Shuningdek, adabiyot, me’morchilik va ilm-fan sohalaridagi yutuqlar misolida Qo‘qon sivilizatsiyasining Markaziy Osiyo tarixidagi o‘rni asoslab beriladi.