QO‘QON XONLIGI TARIXSHUNOSLIGI: QO‘LYOZMA VA ARXIV MATERIALLARI TAHLILI
PDF

Keywords

Qo‘qon xonligi, Qo‘qon sivilizatsiyasi, Farg‘ona vodiysi, qo‘lyozma manbalar, arxiv hujjatlari, tarixnavislik, manbashunoslik, diplomatiya, madaniy meros, Markaziy Osiyo tarixi.

Abstract

Mazkur maqolada Qo‘qon sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanish jarayoni qo‘lyozma hamda arxiv manbalari asosida ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Qo‘qon xonligining siyosiy boshqaruv tizimi, iqtisodiy taraqqiyoti, diplomatik aloqalari hamda madaniy-ma’rifiy muhiti yoritilgan. Ayniqsa, “Tarixi Shohruhiy”, “Tarixi Farg‘ona”, “Muntaxab ut-tavorix” kabi tarixiy manbalarning ilmiy ahamiyati ochib berilgan. Arxiv materiallari asosida Qo‘qon xonligining Rossiya imperiyasi bilan bo‘lgan siyosiy va iqtisodiy munosabatlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida Qo‘qon sivilizatsiyasi Markaziy Osiyo tarixining muhim tarkibiy qismi ekanligi hamda uning boy yozma merosini chuqur o‘rganish zarurligi asoslab beriladi.

PDF