Abstract
Ushbu maqolada Qo‘qon shahrida XX asr davomida sog‘liqni saqlash tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Tadqiqotda 1920–1960-yillar oralig‘ida tibbiy muassasalar tarmog‘ining kengayishi, tibbiyot xodimlari tarkibining shakllanishi, moliyaviy resurslarning oshishi hamda aholiga ko‘rsatilgan tibbiy xizmat sifati yoritilgan. Shuningdek, epidemik kasalliklarga qarshi kurash, sanitariya-profilaktika ishlari va urushdan keyingi tiklanish davrida sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘zgarishlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan.