Abstract
XIX asrning ikkinchi yarmida mintaqada kechgan Rossiya imperiyasining siyosiy va iqtisodiy ekspansiyalari fonida Qo‘qon xonligining savdo va boj tizimining saqlanib qolishi hamda uning o‘ziga xos tomonlarini tadqiq qilish muhim hisoblanadi. Ayniqsa, xonlikning ichki va tashqi savdo munosabatlari, bozorlarda amal qilgan savdo qoidalari, zakot va boj yig‘imlari hamda ularning davlat xazinasidagi o‘rnining yoritilishi juda ahamiyatlidir. Shu jihatdan, bu maqolada xonlikning Rossiya imperiyasi, keyinchalik Turkiston general-gubernatorligi bilan olib borilgan savdo va undan tushgan bojxona tushumlari, tashqi iqtisodiy aloqalar natijasida savdo tizimida yuz bergan o‘zgarishlar, bojxona punktlarining kamayishi hamda savdo va bojxona tizimining istiqboli uchun 1874-yilda joriy etilgan qo‘shimcha savdo soliqlari tadqiq etiladi. Natijada, bu Qo‘qon xonligining iqtisodiy hayoti va mintaqaviy savdo tizimini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.