Abstract
Mazkur maqolada kulolchilik san’atining paydo bo‘lishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlari hamda uning milliy madaniyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, kulolchilikning qadimiy an’analari, texnologik jarayonlari va zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlari ilmiy asosda yoritilgan. Hunarmandchilikning ushbu turi xalqning estetik didi va madaniy merosini aks ettiruvchi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi.