Abstract
Mazkur maqolada 1917-yil fevral va oktyabr voqealaridan keyingi davrda Namangan shahrida yuz bergan siyosiy, ijtimoiy va tashkiliy jarayonlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda mahalliy aholining siyosiy faolligining kuchayishi, ishchi, dehqon va hunarmandlarning miting hamda namoyishlardagi ishtiroki, ishchi va soldat deputatlari Soveti hamda musulmon deputatlari Sovetining shakllanishi, jadidlarning siyosiy faoliyati, 1916-yilda front orti ishlariga safarbar etilganlarning qaytishi bilan bog‘liq jarayonlar yoritilgan. Shuningdek, 1917-yil oxirida Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi va uning Namangan aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, 1918–1923- yillarda Farg‘ona vodiysida, xususan Namangan hududida kechgan istiqlolchilik harakatining siyosiy-ijtimoiy omillari tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Farg‘ona viloyati davlat arxivi, davriy matbuot va tarixiy adabiyotlardan foydalanilgan. Natijalar 1917-yilgi siyosiy o‘zgarishlar Namangan jamiyatining turli qatlamlarini siyosiy jarayonlarga faol jalb qilganini, biroq keyinchalik sovet hokimiyatining o‘rnatilishi siyosiy jarayonlarning yo‘nalishini keskin o‘zgartirganini ko‘rsatadi.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi. F.I-1-fond, 1-ro‘yxat, 1132-ish, 44-bet.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi. F.I-1-fond, 31-ro‘yxat, 1132-ish, 48-bet.
3. Farg‘ona viloyati davlat arxivi. F-121, 1917–1918, 1-R, 4-ish, 38-bet.
4. Farg‘ona viloyati davlat arxivi. F-121, 1917–1918, 1-R, 4-ish, 41–42-betlar.
5. Qosimov, Y. Qora ko‘zoynak bilan yozilgan tarix. Namangan, 1993.
6. Inoyatov, X.Sh. O‘zbekistonda Oktabr inqilobi. Toshkent, 1957.
7. Namanganskaya oblast. Putivoditel. Toshkent, 1979.
8. Iz istorii Namangana. Qo‘lyozma ma’lumotnoma. Toshkent, 1981.
9. Iz istorii Namangana. Qo‘lyozma ma’lumotnoma. Toshkent, 1981.
10. Namanganskaya oblast. Putivoditel. Toshkent, 1979.
11. Malenkov, I.I. Iz istorii Namangana. Qo‘lyozma ma’lumotnoma. Toshkent, 1981.
12. Rizaev, Sh. “1917-yil qo‘zg‘oloni yoxud jadidlar nega g‘alayonга qarshi chiqdilar”. Ma’rifat, 1996-yil 4-may.
13. Agzamxo‘jayev, S.S. Turkiston Muxtoriyati. Toshkent: Ma’naviyat, 2000.
14. Najot. 1917-yil 9-aprel.
15. Agzamxo‘jayev, S.S. Turkiston Muxtoriyati: borba za svobodu i nezavisimost (1917–1918 gg.). Toshkent, 1996.
16. Turkestanskiy vestnik. 1917-yil 9-dekabr.
17. Svobodnyy Samarqand. 1917-yil 16-dekabr.
18. Agzamxo‘jayev, S. “Turkiston Muxtoriyati — jadidlar milliy demokratik davlatchilik g‘oyalarining amaldagi ifodasi”. Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. Toshkent: Universitet, 1999.
19. Norqulov, N. “Muxtoriyatni tugatilishi”. Fan va turmush, 1990, №8.
20. Kozakov, T.K. Obshchestvenno-politicheskoe polozhenie v Ferganskoy doline i dzhadidskoe dvizhenie v nachale XX veka. Toshkent, 2001.
21. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi. F.I-17-fond, 1-ro‘yxat, 250-ish, 9-bet.