BENTONITNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI TADQIQ ETISH
PDF

Keywords

Log‘on bentoniti
montmorillonit
boyitish
natriylashtirish
kalsit
rentgenofazaviy tahlil
IQ-spektroskopiya
granulometrik tarkib
adsorbsiya
benzol bug‘lari.

How to Cite

BENTONITNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI TADQIQ ETISH. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(9), 968-976. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.127

Abstract

Farg‘ona viloyati Log‘on koni bentonitining boshlang‘ich va natriy karbonat ishtirokida suvli muhitda boyitilgan namunalari rentgenofazaviy tahlil (RFT), infraqizil (IQ) spektroskopiya, elak tahlili, pH-metriya hamda benzol bug‘larining adsorbsiyasi usullari bilan tadqiq etildi. Boshlang‘ich bentonit montmorillonit, kvars, kalsit, illit va dala shpatidan tashkil topganligi aniqlandi. Boyitishdan so‘ng kalsit reflekslarining kvarsga nisbatan intensivligi taxminan 7 marta kamaydi, montmorillonit reflekslarining ulushi esa 1,5 marta ortdi; bu natija IQ-spektrlarda karbonat polosalarining (1417 va 712 sm⁻¹) susayishi va Al–OH polosasining (3625 sm⁻¹) kuchayishi bilan tasdiqlandi. Montmorillonitning d₀₀₁ bazal refleksi boyitilgan namunada 12,4 Å da aniq namoyon bo‘ldi. Quruq elash natijalari boyitilgan bentonitning quritish jarayonida mustahkam agregatlar hosil qilishini ko‘rsatdi (>500 mkm fraksiya 1,4 % dan 31,5 % gacha). Natriylashtirish jarayonida suspenziyaning pH qiymati 8,0 dan 10,0 gacha ortib, yuvishdan so‘ng 7,0–8,0 gacha pasaydi. Bentonitning benzol bug‘lari bo‘yicha sorbsion sig‘imi 15,7 ± 0,6 % ni tashkil etdi.
PDF

References

1. Bergaya F., Lagaly G. (Eds.). Handbook of Clay Science. 2nd ed. – Amsterdam: Elsevier, 2013. – (Developments in Clay Science; Vol. 5).

2. Moore D.M., Reynolds R.C. X-Ray Diffraction and the Identification and Analysis of Clay Minerals. 2nd ed. – Oxford: Oxford University Press, 1997. – 378 p.

3. Madejová J. FTIR techniques in clay mineral studies // Vibrational Spectroscopy. – 2003. – Vol. 31, No. 1. – P. 1–10.

4. Grim R.E. Clay Mineralogy. 2nd ed. – New York: McGraw-Hill, 1968. – 596 p.

5. Brindley G.W., Brown G. (Eds.). Crystal Structures of Clay Minerals and their X- ray Identification. – London: Mineralogical Society, 1980. – 495 p.

6. Luckham P.F., Rossi S. The colloidal and rheological properties of bentonite suspensions // Advances in Colloid and Interface Science. – 1999. – Vol. 82. – P. 43–92.