Abstract
Ushbu tadqiqotda Astragalus chodshenticus o'simligining ildiz qismidagi makro- va mikroelementar tarkibi Avio 200 (ICP-OES) optik emission spektrometrik usulida o'rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, o'simlik ildizida 30 ta kimyoviy element aniqlandi. Ulardan kaltsiy (30,601 mg/10g), natriy (29,005 mg/10g), kaliy (21,514 mg/10g) kabi makroelementlar yuqori miqdorda, kremniy (7,693 mg/10g), magniy (6,918 mg/10g), oltingugurt (3,257 mg/10g), fosfor (2,170 mg/10g), alyuminiy (1,832 mg/10g), temir (1,469 mg/10g) o'rtacha miqdorda, stronsiy, selen, rux, bor, titan, marganets, litiy, vanadiy, molibden, bariy, mis, arsen, kobalt va kumush kabi mikroelementlar past miqdorda topildi. Zaharli elementlardan kadmiy, nikel, surma, qo'rg'oshin, qalay, xrom va simob aniqlanmadi. Olingan ma'lumotlar o'simlikning farmakologik va biologik ahamiyatini baholashda muhim manba bo'lib xizmat qiladi.References
1. O'zbekiston Respublikasi Flora. — Toshkent: Fan, 2019.
2. Avio 200 ICP-OES qo'llanmasi. Perkin Elmer, AQSH, 2020.
3. Kováčik J., et al. "Elemental composition of Astragalus species." Journal of Pharmaceutical and Biomedical Analysis, 2018.
4. WHO Guidelines for elemental impurities in medicinal plants, 2020.
5. Axmedov U., et al. "O'zbekiston dorivor o'simliklari." — Toshkent: Ibn Sino, 2020.
