TRITIKALE O‘SIMLIGINING SHO‘RGA CHIDAMLILIGINI LABORATORIYA SHAROITIDA ANIQLASH
PDF

Keywords

stress
sho‘rlanish
NaCl
chidamlilik
tritikale
Armug‘on-60
chorva ozuqa ekini
unuvchanlik.

How to Cite

TRITIKALE O‘SIMLIGINING SHO‘RGA CHIDAMLILIGINI LABORATORIYA SHAROITIDA ANIQLASH. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(9), 554-559. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.070

Abstract

Mazkur tadqiqotda laboratoriya sharoitida tiritikalening Аrmug‘on-60 navining sho‘rga chidamligini aniqlashga doir maʼlumotlar o‘rin olgan. Buning uchun natriy xlor tuzining 0.5;1.0; 1.5 va 2.0 % li eritmalaridan foydalanilgan. Tuzli eritma kontsentratsiyasining ortib borishi donning unuvchanligiga stress omil sifatida taʼsiri etgan. Nazoratda unuvchanlik 95% ni tashshkil etgan bo‘lsa 0.5% li eritmada - 90.0% , 1.0 - 85. % , 1.5%-75.0 , 2.0% li eritmada 15.0% ni tashkil etgan.Tadqiqot natijalariga asoslanib tritikalening Аrmug‘on-60 navi sho‘rga chidamli deb eʼtirof etilgan va uni sho‘rlangan tuproq sharotida chorva ozuqa ekin sifatida tavsiya etilgan.
PDF

References

1. Taiz L., Zeiger E., Møller I.M., Murphy A. Plant Physiology and Development. – 6th ed. – Sunderland: Sinauer Associates, 2015. – B. 672–705. (Qurg‘oqchilik va sho‘rlanish stressining o‘simlik fiziologiyasiga ta’siri, osmotik stress va fotosintez jarayonlari haqida).

2. Shabala S. Plant Stress Physiology. – Wallingford: CAB International, 2017. – B. 85–132. (Sho‘rlanish va qurg‘oqchilik sharoitida ion toksikligi, suv tanqisligi hamda antioksidant tizimlar faoliyati haqida).

3. Rao K.V.M., Raghavendra A.S., Reddy K.J. Physiology and Molecular Biology of Stress Tolerance in Plants. – Dordrecht: Springer, 2006. – B. 43–97. (Stressga javob reaksiyalari, ABA signal tizimi va stressga bog‘liq genlar ekspressiyasi haqida).

4. Pareek A., Sopory S.K., Bohnert H.J., Govindjee. Abiotic Stress Adaptation in Plants: Physiological, Molecular and Genomic Foundation. – New York: Springer, 2010. – B. 201–256. (Moslashuvchan osmolitlar — prolin, glitsin-betain va trehaloza sintezi haqida).

5. Khan M.A., Weber D.J. Ecophysiology of High Salinity Tolerant Plants. – Dordrecht: Springer, 2008. – B. 119–168. (Sho‘rlanishning o‘simlik hujayralariga ta’siri, Na⁺ va Cl⁻ ionlari toksikligi haqida).

6. Food and Agriculture Organization. Status of the World’s Soil Resources. – Rome: FAO, 2015. – B. 103–114. (Sug‘oriladigan yerlarning 20–50 % qismi sho‘rlanishga uchragani haqidagi ma’lumotlar).

7. Blum A. Plant Breeding for Water-Limited Environments. – New York: Springer, 2011. – B. 55–101. (Donli ekinlarning qurg‘oqchilikka chidamliligi va suvdan foydalanish samaradorligi haqida).

8. Munns R., Tester M. Mechanisms of salinity tolerance // Annual Review of Plant Biology. – 2008. – Vol. 59. – P. 651–681. (Sho‘rlanishga chidamlilik mexanizmlari va ion muvozanati haqida).

9. Farooq M., Wahid A., Kobayashi N., Fujita D., Basra S.M.A. Plant drought stress: effects, mechanisms and management // Agronomy for Sustainable Development. – 2009. – Vol. 29, №1. – P. 185–212. (Qurg‘oqchilikning donli ekinlar o‘sishi va hosildorligiga ta’siri haqida).