Abstract
Glycyrrhiza glabra L. (Fabaceae) farmakologik ahamiyatga ega ikkilamchi metabolitlarga boy dorivor o‘simlik hisoblanadi. So‘nggi xromatografik va mass- spektrometrik tadqiqotlar flavonoidlar G. glabra ning muhim biofaol komponentlari ekanligini ko‘rsatmoqda. Liquiritin, isoliquiritin, liquiritigenin, isoliquiritigenin va glabridin miqdori geografik kelib chiqish, tuproq-iqlim sharoiti, namlik, harorat va vegetatsiya bosqichiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. Mazkur maqolada G. glabra flavonoid tarkibining ekologik va geografik o‘zgaruvchanligi zamonaviy xromatografik, mass-spektrometrik va metabolomik tadqiqotlar asosida tanqidiy tahlil qilindi. Adabiyotlar tahlili turli geografik populyatsiyalarni yagona analitik protokol asosida qiyoslash, flavonoidlarning miqdoriy nisbatlarini ekologik omillar bilan bog‘lash va hududga xos barqaror kimyoviy markerlarni aniqlash masalalari yetarlicha o‘rganilmaganligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, O‘zbekiston hududida tarqalgan G. glabra populyatsiyalarini HPLC/ UHPLC-MS asosida qiyosiy tadqiq etish dolzarb hisoblanadi. Liquiritin-isoliquiritin-liquiritigenin-isoliquiritigenin-glabridin tizimidan ko‘p komponentli kimyoviy marker sifatida foydalanish xomashyoni geografik autentifikatsiya qilish, sifatini baholash va standartlashtirish uchun istiqbolli yondashuv sifatida asoslandi.References
1. Hayashi H., Hattori S., Inoue K., Khodzhimatov O., Ashurmetov O., Ito M., Honda G. Field survey of Glycyrrhiza plants in Central Asia (3). Chemical characterization of Glycyrrhiza glabra collected in Uzbekistan // Chemical and Pharmaceutical Bulletin. - 2003. - Vol. 51, No. 11. - P. 1338-1340. - Alsaadi D.H.M., Salim H.A., Hadi S. et al. Phytochemical analysis and habitat suitability mapping of Glycyrrhiza glabra L. collected in the Hatay region of Turkey // Molecules. - 2020. - Vol. 25, No. 23. - Art. 5529.
2. Montoro P., Maldini M., Russo M., Postorino S., Piacente S., Pizza C. Metabolic profiling of roots of liquorice (Glycyrrhiza glabra) from different geographical areas by ESI/MS/MS and determination of major metabolites by LC-ESI/MS and LC-ESI/MS/MS // Journal of Pharmaceutical and Biomedical Analysis. - 2011. - Vol. 54, No. 3. - P. 535-544.
3. Montero L., Ibáñez E., Russo M., Di Sanzo R., Rastrelli L., Piccinelli A.L., Celano R., Cifuentes A., Herrero M. Metabolite profiling of licorice (Glycyrrhiza glabra) from different locations using comprehensive two-dimensional liquid chromatography coupled to diode array and tandem mass spectrometry detection // Analytica Chimica Acta. - 2016. - Vol. 913. - P. 145-159.
4. Li G., Nikolic D., van Breemen R.B. Identification and chemical standardization of licorice raw materials and dietary supplements using UHPLC-MS/MS // Journal of Agricultural and Food Chemistry. - 2016. - Vol. 64, No. 42. - P. 8062-8070.
5. Yang F., Chu T., Zhang Y., Liu X., Sun G., Chen Z. Quality assessment of licorice (Glycyrrhiza glabra L.) from different sources by multiple fingerprint profiles combined with quantitative analysis, antioxidant activity and chemometric methods // Food Chemistry. - 2020. - Vol. 324. - Art. 126854.
6. Khaitov B., Urmonova M., Karimov A., Sulaymonov B., Allanov K., Israilov I., Sottorov O. Licorice (Glycyrrhiza glabra)—Growth and phytochemical compound secretion in degraded lands under drought stress // Sustainability. - 2021. - Vol. 13, No. 5. - Art. 2923