Abstract
Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida pedagogik jarayonlarni modellashtirish va vizualizatsiya qilishning zamonaviy texnologik imkoniyatlari ilmiy- nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi ta’lim jarayonlarining raqamlashtirilishi natijasida pedagogik jarayonlarni an’anaviy tavsiflash bilan bir qatorda ularni raqamli model, interaktiv vizual model, ta’lim analitikasi va intellektual boshqaruv vositalari orqali ifodalash zarurati ortib borayotgani bilan belgilanadi. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, ilmiy adabiyotlarni kontent-tahlil qilish, pedagogik modellashtirish va konseptual umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Zamonaviy ilmiy manbalar tahlili asosida pedagogik modellashtirishning asosiy komponentlari, vizualizatsiya texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari hamda sun’iy intellekt, learning analytics, virtual va kengaytirilgan reallik, interaktiv dashboardlar va raqamli egizaklar kabi texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni aniqlandi. Tadqiqot natijasida pedagogik jarayonni “maqsad – mazmun – faoliyat – raqamli vosita – ma’lumot – tahlil – qayta aloqa – natija” ketma-ketligida modellashtirishga asoslangan konseptual model taklif etildi. Mazkur model ta’lim jarayonini dinamik kuzatish, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va pedagogik qarorlarni ma’lumotlarga asoslangan holda qabul qilish imkonini beradi.References
1. Abduqodirov A.A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2011.
2. Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.
3. Ishmuhamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2008.
4. Farberman B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2000.
5. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003.
6. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan, 2006.
7. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004.
8. Xodjamqulov U.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent,
9. Rustamov M.M. Tibbiy ta’limda raqamli ta’lim muhitini yaratishning pedagogik yondashuvlari. – Toshkent, 2025. Monografiya.
