Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek xalq amaliy san’atining yetuk vakili, O‘zbekiston xalq ustasi, taniqli ganchkor va naqqosh Asrol Muxtorovning qariyb oltmish yillik ijodiy faoliyati o‘rganilgan. Tadqiqotning maqsadi – ustaning ijodiy maktabi milliy ganchkorlik san’ati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini, uning badiiy-uslubiy xususiyatlarini, ustoz-shogirdlik an’analarini davom ettirishdagi o‘rnini hamda zamonaviy me’moriy amaliyotdagi talqinini ilmiy jihatdan tahlil qilishdan iborat. Maqolada tarixiy-biografik, qiyosiy-tipologik va san’atshunoslik tahlili metodlaridan foydalanilgan holda Toshkent ganchkorlik maktabining o‘ziga xos xususiyatlari A. Muxtorov ijodi misolida yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, usta o‘z ijodida mumtoz an’analarni – girih va islimiy naqsh tizimlarini – zamonaviy kompozitsion yechimlar bilan uyg‘unlashtirib, mustaqil badiiy-uslubiy yo‘nalish yaratgan hamda yigirmadan ortiq shogird tayyorlab, milliy ganchkorlik maktabining barqaror davomiyligini ta’minlagan.References
1. Muxtorov A. Usta va shogird odobi. Toshkent, 1999.
2. Muxtorov A. Ganchdagi gullar bog‘i. Toshkent, 2006.
3. Muxtorov A. Ganchkorlik san’ati. Toshkent, 2007.
4. Muxtorov A. Sherlar madrasasining sirli olami. Toshkent, 2007.
5. Muxtorov A. Al-Farg‘oniydagi usta. Toshkent, 2026.
6. Bo‘latov S.S., Tolipov N.X. Go‘zallik falsafasi. Fan va texnologiya, Toshkent. 2008. – B. 5–7.
7. Qo‘ziyeva Z.E. Xalq amaliy san’ati. Navoiy, 2012. – B. 3.
8. Ganchkorlik san’ati // Journal of IQRO – Iqro jurnali.
2024. Vol. 8, Issue
2. ISSN 2181-4341.
9. Kashtachilik san’ati tarixiga nazar // Iqro jurnali.
2023. Vol. 6, Issue
2. B. 163.
10. Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash: o‘quv qo‘llanma. – Buxoro: Buxoro davlat universiteti nashri.
11. Naqsh san’ati tarixi: ilmiy maqola // in-Academy ilmiy-uslubiy jurnali (in-academy.uz).
12. Ахраров И., Ремпель Л. Резной штук Афрасиаба. Ташкент: Издательство литературы и искусства, 1971. 158 с.
13. Zagirova G.I. The Lotus in Central Asia: A Sassanian Motif in the Islamic Stucco Decoration // Actual Problems of Theory and History of Art. 2022.
14. Girih, Islimi and Epigraphy: a classification of the decorative systems of Central Asian architectural monuments // Science and Education. – openscience.uz.
15. The Issue of Zoomorphic Ornaments in the History of Studies of Gunch (Stucco) Carving in 9th to 12th Century Central Asia // Proceedings of the 3rd International Conference on Art Studies: Science, Experience, Education (ICASSEE 2019). – Vol. 368