XUDOYBERDI TO’XTABOYEVNING “SHIRIN QOVUNLAR MAMLAKATI” VA JOAN ROULINGNING “GARRI POTTER” ROMANLARIDA FANTASTIK VA REALISTIK KATEGORIYALARNING BADIIY VAZIFASI
PDF

Keywords

fentezi
ikki dunyolilik
arxetip
xronotop
folklor motivi
qiyosiy adabiyotshunoslik
X.

How to Cite

XUDOYBERDI TO’XTABOYEVNING “SHIRIN QOVUNLAR MAMLAKATI” VA JOAN ROULINGNING “GARRI POTTER” ROMANLARIDA FANTASTIK VA REALISTIK KATEGORIYALARNING BADIIY VAZIFASI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(08), 731-739. https://doi.org/10.70728/c.series.ped.v08.i08.106

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Shirin qovunlar mamlakati” ertak-romani va britan yozuvchisi Joan Roulingning “Garri Potter” roman turkumi fentezi janri nuqtayi nazaridan qiyosiy-tipologik tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi fentezi janrining zamonaviy jahon adabiyotshunosligida faol o‘rganilayotgani, biroq o‘zbek va ingliz adabiy an’analariga mansub namunalarning qiyosiy jihatdan deyarli tadqiq etilmaganligi bilan belgilanadi. Maqola markazida quyidagi masalalar yotadi: ikki dunyolilik (real va fantastik olamlar) tamoyilining har ikki asarda badiiy shakllanish xususiyatlari; xalq ertaklari va mifologik arxetiplarning (sinovdan o‘tish, sehrli yordamchi, chegarani kesib o‘tish kabi) zamonaviy fentezi matniga transformatsiyalanishi; xronotop tuzilishi va uning janr semantikasiga ta’siri; hamda fantastik voqelikda realistik- maishiy unsurlarning saqlanish darajasi. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik va struktur-semiotik metodlardan foydalanildi. Natijada ikki muallif ijodida fentezi janrining universal strukturaviy belgilari bilan bir qatorda, milliy folklor an’analaridan kelib chiquvchi o‘ziga xos badiiy yechimlar ham aniqlandi. Maqola natijalari fentezi janrini qiyosiy o‘rganish, shuningdek o‘zbek bolalar adabiyotini jahon konteksti bilan bog‘lash borasidagi tadqiqotlar uchun amaliy ahamiyatga ega.
PDF

References

1. Briggs K. An Encyclopedia of Fairies: Hobgoblins, Brownies, Bogies. — New York: Pantheon Books, 1976.

2. Jung C.G. The Archetypes and the Collective Unconscious. — Princeton: Princeton University Press, 1959.

3. Nix G. Sabriel. — New York: HarperCollins, 1995.

4. Rowling J.K. Harry Potter and the Philosopher’s Stone. — London: Bloomsbury, 1997.

5. Rowling J.K. Harry Potter and the Chamber of Secrets. — London: Bloomsbury, 1998.

6. Zelazny R. Interview on the craft of fantasy // The Craft of Science Fiction. — New York: Harper & Row, 1976.

7. Абдуллаева М. Худойберди Тўхтабоев насрида қиёслаш усули // Ўзбек тили ва адабиёти. — 2019. — № 2.

8. Дадажонова Ш. Ўзбек болалар насрида фольклор анъаналари. — Тошкент: Фан, 2015.

9. Евсюков В.В. Мифы о вселенной. — Новосибирск: Наука, 1988.

10. Ковтун Е.Н. Художественный вымысел в литературе XX века. — Москва: Высшая школа, 2008.

11. Комлев Н.Г. Словарь иностранных слов. — Москва: ЭКСМО-Пресс, 1999.

12. Королькова Ю.В. О соотношении литературной сказки и фэнтези // Филологические науки. — 2010. — № 4.

13. Кострова О.А. Художественный хронотоп фантастического текста // Вестник СамГУ. — 2011. — № 2.

14. Лупанова И.П. Полвека: Советская детская литература. — Москва: Детская литература, 1969.

15. Неёлов Е.М. Волшебно-сказочные корни научной фантастики. — Ленинград: Изд-во ЛГУ, 1986.

16. Пивоев В.М. Мифологическое сознание как способ освоения мира. — Петрозаводск: Карелия, 1991.

17. Плиний Старший. Естественная история / Пер. с лат.

18. Пропп В.Я. Морфология волшебной сказки. — Ленинград: Academia, 1928.

19. Тўхтабоев Х. Ширин қовунлар мамлакати: Эртак-роман. — Тошкент: Ёш гвардия, 1982.

20. English Fairy Tales / Collected by J. Jacobs. — London: David Nutt, 1890.

21. Monier-Williams M. A Sanskrit-English Dictionary. — Oxford: Clarendon Press, 1899.

22. Sanderson B. Sanderson’s Laws of Magic. — 2007.