Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim talabalarida aqlli dasturiy vositalarni ishlab chiqish kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari nazariy-tahliliy yondashuv asosida yoritilgan. Tadqiqotda “aqlli dasturiy vosita” va “aqlli dasturiy vositalarni ishlab chiqish kompetentligi” tushunchalarining pedagogik mazmuni aniqlashtirilib, mazkur kompetentlikning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, loyihaviy-algoritmik, texnologik-amaliy hamda refleksiv-etik komponentlari taklif etilgan. Olimlarining intellektual tizimlar, raqamli ta’lim, informatika o‘qitish metodikasi, elektron metodik ta’minot yaratish va kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga oid tadqiqotlari kontent-tahlil qilindi. Tahlil natijasida aqlli dasturiy vositalarni yaratishga yo‘naltirilgan ta’limning individuallashtirish, muammoli- loyihaviy faoliyatni tashkil etish, fanlararo integratsiya, tezkor teskari aloqa, iterativ prototiplash, hamkorlik va refleksiv baholash kabi yetti didaktik imkoniyati tizimlashtirildi. Kompetentlikni rivojlantirishning diagnostika, muammoli vaziyatni tanlash, loyihalash, prototiplash, testlash, refleksiya va mahsulotni himoya qilish bosqichlaridan iborat didaktik mexanizmi ishlab chiqildi. Taklif etilgan yondashuv oliy ta’limda dasturlash, sun’iy intellekt, dasturiy injiniring va informatika metodikasi fanlarini kompetensiyaga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-358-son qaror. 14.10.2024.
2. Abdullayev B.B. Intellektual tizim vositasida talabalarning axborot kompetentligini takomillashtirish metodikasi: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. 13.00.06. Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2023
3. Shirinov F.Sh. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minot yaratish kompetentligini rivojlantirish metodikasi (“Kompyuter grafikasi” fani misolida): PhD dissertatsiyasi avtoreferati. 13.00.02. Toshkent, 2023.
4. Ubaydulloyev A.N. Raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish: PhD dissertatsiyasi avtoreferati. 13.00.02. Buxoro davlat universiteti, 2023.
5. Xalilov F.V. Mustaqil ta’limda intellektual tizim vositalaridan foydalanib talabalar kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi: PhD dissertatsiyasi avtoreferati. 13.00.06. Buxoro davlat texnika universiteti, 2026.
6. Nazarov B.A. Umum ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini dasturiy vositalar asosida o‘qitish metodikasi (5-sinf misolida): PhD dissertatsiyasi avtoreferati. 2025.
7. Fayziyeva M. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt: darslik. - Toshkent: Lesson Press, 2023. - 198 b.
8. Nazirov Sh.A., Ivanova G.S., Gaynazarov S.M. Dasturlash texnologiyalari: darslik. - Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014. - 280 b.
9. Mamarajabov M.E., Toshtemirov D.E., Yuldashev O‘.A. Informatika o‘qitish metodikasi: darslik. - Toshkent: Bookmany print, 2023. - 460 b.
10. Urinbaeva G., Aybosinova G. Sun’iy intellektga asoslangan pedagogik dasturlarni yaratish va ishlab chiqishda o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi // Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences. 2025.
11. Raximova D.A. Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash fanini o‘qitishda talabalarning sun’iy intellekt tizimidan foydalanish kompetentligini rivojlantirish // Universal xalqaro ilmiy jurnal. 2025. 2(4.2). B. 227-229.
12. Ubaydullayev A.N. Talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish usullari // Educational Research in Universal Sciences. 2022. 1(6). B. 168-176.
13. Karimova N.B. Raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarda axborot kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari // Ilm-fan va innovatsiya.
2024. B. 138-141.
14. Muradov S.D., Jumanazarov S. Raqamli texnologiya vositasida talabalarning texnik ijodkorlik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari // Technical Science Research in Uzbekistan. 2025. 3(3). B. 97-108.
15. Abdullayev B.B. Talabalarning bilimini baholashda intellektual tizimlardan foydalanish // “Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g‘oyalar, takliflar va yechimlar” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari.
2022. B. 129-130.
16. Shirinov F.Sh. Theoretical and didactic foundations of the distance education system // Galaxy International Interdisciplinary Research Journal.
2023. Vol. 11, No.
12. B. 66-71.
17. Xo‘jaqulov T.A., Malikova N.T. Sun’iy intellekt: o‘quv qo‘llanma. - Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, 2020. - 216 b.
18. Madraximov Sh.F. Sun’iy intellekt tizimlari: o‘quv qo‘llanma. - Toshkent: Metodist, 2023. - 180 b. [havola]
19. Tursunov S. Ta’limda axborot texnologiyalari. 2-tom: darslik. - Toshkent: O‘zkitob savdo nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2021. - 209 b.