Abstract
Mazkur maqolada fasilitatsion yondashuv asosida 5–6 yoshli bolalarni savodxonlikka o‘rgatishning metodik asoslari tahlil qilingan. Unda maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarning nutqiy faolligini rivojlantirish, tovush-harf munosabatlarini anglash, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish hamda o‘qish va yozishga tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil etish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda fasilitatsion yondashuvning mazmuni, uning savodxonlikka o‘rgatish jarayonidagi pedagogik imkoniyatlari hamda tarbiyachining fasilitator sifatidagi faoliyatining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan. Shuningdek, bolaga yo‘naltirilgan ta’lim, hamkorlikka asoslangan muloqot, didaktik o‘yinlar, muammoli vaziyatlar va ijodiy topshiriqlardan foydalanishning metodik ahamiyati asoslangan. Tadqiqot natijasida fasilitatsion yondashuv 5–6 yoshli bolalarni savodxonlikka o‘rgatish jarayonini bolaning individual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish, uning bilish faolligi va mustaqil fikrlashini rivojlantirish imkonini beruvchi samarali metodik asos ekanligi aniqlangan.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son qarori. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. – Toshkent, 2019.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son Farmoni. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida. – Toshkent, 2023.
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. Ilk qadam maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi. – Toshkent, 2022. – 160 b.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat talablari. – Toshkent, 2020.
5. Yakubova G.M., Quchqorova N.M. Boshlang‘ich savodxonlikni shakllantirishda an'anaviy va fasilitatorlik metodlarining didaktik asoslari // Pedagogik ta’limning ilmiy-metodik muammolari: innovatsion yondashuvlar va tadqiqotlar Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2024. – B. 215–220.
6. Yakubova G.M. Tayyorlov guruhi tarbiyachisining savodga o‘rgatish jarayoniga innovatsion yondashuvi // O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari. – 2023. – №1/12/1. – B. 288–291.
7. Mavlonova R., To‘rayeva O., Xoliqberdiyev K. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008. – 496 b.
8. Rogers C.R. Freedom to Learn. – Columbus, OH: Charles E. Merrill Publishing Company, 1969. – 358 p.
9. Vygotsky L.S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978. – 159 p.
10. Xo‘jayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Sano-standart, 2017. – 416 b.
11. Muslimov N.A. Kasbiy ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2015. – 368 b.
12. Qodirova F.R. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: Tafakkur, 2019. – 320 b.
13. Inoyatova M. Maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. – 248 b.
14. Safarova R. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 286 b.
15. Montessori M. The Montessori Method. – New York: Frederick A. Stokes Company, 1912. – 377 p.
16. Bruner J.S. The Process of Education. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1960. – 97 p.
17. Piaget J. The Origins of Intelligence in Children. – New York: International Universities Press, 1952. – 419 p.
18. UNESCO. International Standard Classification of Education (ISCED 2011). – Paris: UNESCO Institute for Statistics, 2012.
