Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda fanlararo integratsiyaning didaktik imkoniyatlari nazariy-metodik jihatdan tahlil qilingan. Texnologik ta’limning tabiiy-ilmiy, matematik, muhandislik-texnik, axborot-texnologik va ijodiy faoliyat bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan. Mahalliy va xorijiy olimlarning kasbiy tayyorgarlik, kompetensiyaviy yondashuv, integrativ ta’lim, mustaqil ta’lim va zamonaviy pedagogik texnologiyalarga oid ilmiy qarashlari tahlil qilinib, fanlararo integratsiyaning bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining nazariy bilimlarini amaliy faoliyatga ko‘chirish, kasbiy muammolarni kompleks hal qilish, loyihalash-konstruktorlik, ijodiy va refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Fanlararo integratsiyani muammoli-motivatsion, integrativ-izlanish, loyihaviy-amaliy hamda baholash- refleksiv bosqichlarda tashkil etish taklif etilgan. Shuningdek, integrativ topshiriqlar, kasbiy yo‘naltirilgan muammoli vaziyatlar, loyiha va modellashtirish faoliyatidan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.References
1. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. – Toshkent: Sano-standart.
2. Muslimov N.A. Kasb ta’limi pedagogikasi. – Toshkent.
3. Qo‘ysinov O.A. Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta’limning pedagogik-psixologik ahamiyati // Ta’lim texnologiyalari. – Toshkent, 2007. – №1. – B. 31–32.
4. Qo‘ysinov O.A. Kasb ta’limi metodikasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007. – 92 b.
5. Qo‘ysinov O.A. Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta’lim olish jarayonini tashkil etish // Pedagogik ta’lim. – Toshkent, 2008. – №1. – B. 152–155.
6. Qo‘ysinov O.A. Talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish // Kasb-hunar ta’limi. – Toshkent, 2008. – №2. – B. 22–23.
7. Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M.H. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.
