Abstract
Ushbu maqolada ingliz tilida gapirish jarayonida talabalarda yuzaga keladigan nutqiy hayajon, xato qilishdan qo‘rqish va o‘ziga ishonchsizlikni sun’iy intellekt vositalari yordamida kamaytirish imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqotda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq filologiyasi yo‘nalishining 3-kursida tahsil olayotgan 60 nafar talaba ishtirok etdi. Dastlab 20 bandli boshlang‘ich so‘rovnoma orqali talabalarning ingliz tilida gapirishga munosabati, hayajon omillari va sun’iy intellektdan foydalanish tajribasi aniqlandi. Amaliy bosqichda “Outcomes Upper-Intermediate” darsligi mavzulari asosida qisqa og‘zaki kirish mashqlari, kalit so‘zlar asosida gapirish, tanlov asosidagi gapirish va bir daqiqalik bosqichli gapirish mashqlari qo‘llanildi. Yakuniy bosqichda 16 bandli so‘rovnoma va pedagogik kuzatuvlar asosida o‘zgarishlar qiyosiy tahlil qilindi. Natijalar talabalarning gapirishni boshlash va davom ettirishga bo‘lgan ishonchi oshgani, xato qilishdan qo‘rqish va auditoriya oldida gapirish bilan bog‘liq hayajon kamayganini ko‘rsatdi. Sun’iy intellektdan tayyor javob manbai sifatida emas, balki nutqiy mashqni tashkil etuvchi yordamchi vosita sifatida maqsadli foydalanish og‘zaki nutq faolligini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.References
1. Dellar, H., & Walkley, A. (2016). Outcomes upper-intermediate (2nd ed.). National Geographic Learning.
2. Horwitz, E. K., Horwitz, M. B., & Cope, J. (1986). Foreign language classroom anxiety. The Modern Language Journal, 70(2), 125–132. https://doi.org/10.1111/j.1540-4781.1986.tb05256.x
3. Karataş, F., Abedi, F. Y., Ozek Gunyel, F., Karadeniz, D., & Kuzgun, Y. (2024). Incorporating AI in foreign language education: An investigation into ChatGPT's effect on foreign language learners. Education and Information Technologies, 29, 19343–19366. https://doi.org/10.1007/s10639-024-12574-6
4. Klimova, B., Pikhart, M., & Al-Obaydi, L. H. (2024). Exploring the potential of ChatGPT for foreign language education at the university level. Frontiers in Psychology, 15, 1269319. https://doi.org/10.3389/fpsyg.2024.1269319
5. Zou, B., Du, Y., Wang, Z., Chen, J., & Zhang, W. (2023). An investigation into artificial intelligence speech evaluation programs with automatic feedback for developing EFL learners’ speaking skills. SAGE Open, 13(3).