D.K. DEARDORFFNING MADANIYATLARARO KOMPETENTLIK MODELI ASOSIDA TALABA-YOSHLARDA MADANIYATLARARO KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY PEDAGOGIK ASOSLARI
PDF

Keywords

D.K. Deardorff
madaniyatlararo kompetentlik
talaba-yoshlar
Pyramid

How to Cite

D.K. DEARDORFFNING MADANIYATLARARO KOMPETENTLIK MODELI ASOSIDA TALABA-YOSHLARDA MADANIYATLARARO KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY PEDAGOGIK ASOSLARI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(08), 335-342. https://doi.org/10.70728/c.series.ped.v08.i08.046

Abstract

Mazkur maqolada D.K. Deardorffning madaniyatlararo kompetentlikni aniqlash, baholash va rivojlantirishga oid ilmiy qarashlari hamda mazkur qarashlar asosida ishlab chiqilgan Pyramid Model va Process Modelning pedagogik mazmuni tahlil qilingan. Deardorffning 2004-yilda himoya qilingan doktorlik tadqiqoti hamda 2006-yilda Journal of Studies in International Education jurnalida e’lon qilingan ilmiy maqolasida madaniyatlararo kompetentlikning mazmuni xalqaro ekspertlar ishtirokidagi uch bosqichli Delphi tadqiqoti asosida aniqlangan. Tadqiqotda madaniyatlararo kompetentlikning hurmat, ochiqlik, qiziquvchanlik, madaniy o‘zini anglash, madaniy bilim, tinglash, kuzatish, tahlil qilish, talqin qilish, moslashuvchanlik, empatiya kabi tarkibiy elementlari hamda madaniyatlararo vaziyatlarda samarali va maqbul muloqot qilish natijasi yoritilgan. Maqolada Deardorff modelining mazkur elementlarini talaba-yoshlarda madaniyatlararo kompetentlikni rivojlantirish jarayoniga pedagogik jihatdan integratsiya qilish masalasi asoslangan. Shuningdek, model elementlari kognitiv, affektiv, kommunikativ-faoliyatli va refleksiv yo‘nalishlar asosida tizimlashtirilib, talaba-yoshlarda madaniyatlararo kompetentlikni rivojlantirishning ilmiy-pedagogik modeli taklif etilgan. Madaniyatlararo kompetentlikni shakllantirishda ta’lim mazmunini boyitish, interfaol metodlardan foydalanish, ko‘p madaniyatli akademik muhit yaratish, refleksiv faoliyat va kompleks diagnostikani tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan.
PDF

References

1.Bennett M.J. Towards Ethnorelativism: A Developmental Model of Intercultural Sensitivity // Paige R.M. (Ed.). Education for the Intercultural Experience. – Yarmouth, ME: Intercultural Press, 1993. – P. 21–71. 2.Byram M. Teaching and Assessing Intercultural Communicative Competence. – Clevedon: Multilingual Matters, 1997. 3.Deardorff D.K. The Identification and Assessment of Intercultural Competence as a Student Outcome of Internationalization at Institutions of Higher Education in the United States. – Raleigh: North Carolina State University, 2004. – Ed.D. Dissertation. – 324 p. 4.Deardorff D.K. Identification and Assessment of Intercultural Competence as a Student Outcome of Internationalization // Journal of Studies in International Education. – 2006. – Vol. 10. – No. 3. – P. 241–266. DOI: 10.1177/1028315306287002. 5.Deardorff D.K. (Ed.). The SAGE Handbook of Intercultural Competence. – Thousand Oaks, CA: SAGE Publications, 2009. – 560 p. 6.Deardorff D.K. Assessing Intercultural Competence // New Directions for Institutional Research. – 2011. – No. 149. – P. 65–79. 7.Deardorff D.K., Arasaratnam-Smith L.A. (Eds.). Intercultural Competence in Higher Education: International Approaches, Assessment and Application. – New York: Routledge, 2017. 8.Spitzberg B.H., Changnon G. Conceptualizing Intercultural Competence // Deardorff D.K. (Ed.). The SAGE Handbook of Intercultural Competence. – Thousand Oaks, CA: SAGE Publications, 2009. – P. 2–52. 9.Chen G.M., Starosta W.J. Intercultural Communication Competence: A Synthesis // Communication Yearbook. – 1996. – Vol. 19. – P. 353–383. 10.Fantini A.E. Exploring and Assessing Intercultural Competence. – St. Louis: Washington University, 2009