Abstract
Ushbu maqolada Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanining inglizcha tarjimalarida lingvomadaniy konseptlar va etnografik realiyalarning tarjima modellari asosida qayta yaratilishi tadqiq etiladi. Tadqiqot asl matn hamda Kristofer Fort va Ilhom To‘xtasinov tomonidan amalga oshirilgan inglizcha tarjimalarning qiyosiy tahliliga asoslanadi. O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, urf-odatlari va dunyoqarashini aks ettiruvchi madaniy birliklarning tarjimada berilish xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotda lingvokulturologik, qiyosiy-tipologik, konseptual, kontekstual va tarjimashunoslik tahlili metodlaridan foydalanildi. Natijalar semantik, kommunikativ, vaziyatli va transformatsion tarjima modellarining qo‘llanish xususiyatlarini ochib berdi hamda transliteratsiya va izohli tarjima milliy-madaniy mazmunni saqlashda eng samarali usullar ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari o‘zbek badiiy asarlarini ingliz tiliga tarjima qilish nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishga xizmat qiladi.References
1. Choʻlpon. Kecha va kunduz. – Toshkent: Turon zamin, 2023.
2. Fort C. (tarj.). Night and Day. – Boston: Academic Studies Press, 2019.
3. To‘xtasinov I. (tarj.). Night and Day. – Samarqand: Samarqand davlat chet tillar instituti nashriyoti, 2023.
4. Gʻofurov I., Moʻminov O., Qambarov N. Tarjima nazariyasi. – Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2012.
5. Sirojiddinov Sh., Odilova G. Badiiy tarjima asoslari. – Toshkent: Mumtoz soʻz, 2011.
6. Salomov Gʻ. Tarjima nazariyasiga kirish. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1983.
7. Комиссаров В. Н. Теория перевода (лингвистические аспекты). – Москва: Высшая школа, 1990.
8. Бархударов Л. С. Язык и перевод. – Москва: Международные отношения, 1975.
9. Nida E.A., Taber C.R. The Theory and Practice of Translation. – Leiden: Brill, 1969.
10. Newmark P. A Textbook of Translation. – London: Prentice Hall, 1988.
11. Baker M.– 2nd ed. – London: Routledge, 2011.
12. Catford J.C. A Linguistic Theory of Translation. – Oxford: Oxford University Press, 1965.
13. Munday J. Introducing Translation Studies: Theories and Applications. – 4th ed. – London: Routledge, 2016.
14. Geldieva M. «Kecha va kunduz» romani inglizcha tarjimasida leksik-semantik hamda sintaktik o‘ziga xoslik // «Filologik komparativistika va tarjimashunoslik masalalari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2025. – B. 593–595.
15. Kasimova Z. M. Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romanidagi frazeologik birliklarning badiiy-uslubiy tahlili // O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2025. – B. 88–91.